Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy xomashyodan tayyor mahsulotlar
19:54 / 2015-11-27

Milliy matbuot markazida «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining joriy yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Milliy matbuot markazida «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining joriy yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kimyo sanoatida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar mahsulot turlarini ko‘paytirish va raqobatdoshligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Ayni paytda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalarida turli mineral o‘g‘itlar, sun’iy tola, polimer materiallar, noorganik moddalar, energetika, oltin qazib olish va yengil sanoat uchun rezina-texnika buyumlari, kimyoviy reagentlar, defoliantlar ishlab chiqarilmoqda. O‘nlab turdagi bunday mahsulotlar ichki bozordan tashqari xorijga eksport qilinmoqda.

Tarmoqda so‘nggi besh yilda yigirmadan ziyod investitsiya loyihasi amalga oshirilib, o‘ttizdan ortiq mahsulot turlari o‘zlashtirildi. 2014-yilda «Navoiyazot», «Farg‘onaazot», «Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan o‘n turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq joriy yilda tarmoq korxonalarida o‘n turdagi mahsulotni mahalliylashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimida shu yilning o‘n oyida 1 trillion 797 milliard so‘mlikdan ziyod tovar, 161 milliard 400 million so‘mlik xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi. 1 million tonnadan ortiq azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar tayyorlandi. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida tarmoq korxonalarida 121,7 million dollarlik sarmoya o‘zlashtirildi.

O‘tgan davrda hududiy «Qishloqxo‘jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi texnikalar yordamida qishloq xo‘jaligi korxonalariga 456 ming tonna kompost, 387,7 ming tonna organik va 525,3 ming tonna mineral o‘g‘itlar yetkazib berildi.

Tadbirda jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.