Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy mahsulotning bozori chaqqon
12:53 / 2016-08-02

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, tarmoqlarni diversifikatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, tarmoqlarni diversifikatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 11-fevraldagi “2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir.

Navoiy viloyatidagi korxonalar tomonidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish, ichki va tashqi bozorga xaridorgir tovarlar yetkazib berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning dastlabki yillarida viloyatda sanoqli korxonalar tomonidan mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 17 taga etdi. Ular tomonidan mahalliylashtirish dasturiga asosan 50 loyiha amalga oshirildi.

Joriy yilda mazkur korxonalar tomonidan 59 loyihani amalga oshirish hisobidan 73 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, pirovardida 26 million dollar miqdorida valyuta tejab qolinishi ko‘zda tutilgan.

Navoiy shahridagi “Heating radiators” mas’uliyati cheklangan jamiyati mahalliylashtirish dasturi asosida bino va inshootlarning isitish tarmog‘i uchun alyumin radiatorlar ishlab chiqarmoqda.

2011-yilda faoliyat boshlagan korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va bejirimligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

– Mahalliylashtirish dasturi asosida alyumin qabirg‘alar shu yerning o‘zida quyilmoqda, – deydi korxona rahbari Vohid Fayziyev. – Bu xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon korxonada amalga oshirilayotganini anglatadi. Buning uchun xorijdan lizing asosida 237 ming dollarlik quyish liniyasi keltirildi. Natijada qo‘shimcha 15 yangi ish o‘rni yaratildi.

Ayni paytda 48 nafar ishchi mehnat qilayotgan korxonada xaridorlar talabidan kelib chiqib qulay narxlarda tayyorlanayotgan mahsulotlar bino va inshootlarni isitishda juda qo‘l kelmoqda.

Dastlab faqat radiator seksiyalari yig‘ilgan korxona bugun to‘liq ishlab chiqarish tarmog‘iga aylandi. Bu mahsulot tannarxining arzonlashishiga ham ijobiy ta’sir etdi. Ayni paytda raqobatdosh mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha ham izlanishlar olib borilmoqda.