FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yoshlar” kichik sanoat zonasi hududida joylashgan “Orom Fayz Metall” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 150 tonna 20 turdagi shurup va samorez mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlarga qurilish va sanoatning qator yo‘nalishlarida talab yuqori.
Korxonada 70 kishi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, mahsulotlar qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistonga eksport qilinmoqda.
[gallery-26572]
Ushbu korxona faoliyati bilan tanishgan Davlatobod tuman hokimi Anvar Tojimirzayev buning aksi o‘laroq hududdagi so‘nggi paytlarda iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasaygan korxonaga – “MEDBIOLAB” MCHJga tashrif buyurdi.
O‘rganish yakunida korxona faoliyatini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash uchun grant ajratishga ko‘maklashish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va ko‘rsatkichlarni oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Suratlarda:
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA