Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy Kengashlarda yangi doimiy komissiya tashkil etildi
14:32 / 2021-08-27

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat, shahar va tuman kengashlarining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari qayta tuzilib, shaxsiy tarkibi tasdiqlandi. Kengashda yangi – Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talabidan kelib chiqib, viloyat hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi.

Hokimlik huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasi etib qayta tashkil etildi. Viloyat hokimligi apparatida Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

 

G‘.HASANOV,

O‘zA