Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy kengashlar xalqning chinakam “ovozi”ga aylanadi
15:56 / 2023-10-20

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovozi”ga aylantirish maqsadi belgilangan.

Shu maqsadda Senatda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga ko‘maklashish bo‘yicha samarali faoliyat olib borilmoqda.  

Senatda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari uchun tashkil etilgan seminarda shu haqda so‘z yuritildi.  

Tadbirda aholi har chorakda mas’ullarning hisobotlarini eshitib borishi zarurligi, bunda xalq deputatlari mahalliy kengashlari nazorati institutini joriy etish muhimligi ta’kidlandi.  

Xususan, prokuratura organlari faoliyatini tahlil qilib borish, qonunlarning qo‘llanishi yuzasidan ular olib borayotgan nazorat ishlarini muhokama etish maqsadga muvofiq.  

Shu nuqtai-nazardan mahalliy kengashlar tomonidan hududiy prokurorlarning hisobotlarini eshitish yuzasidan Konstitutsiya, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq Senat qo‘mitasi tomonidan  uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Unda hududiy prokurorlar hisobotini eshitish tartibi, muddatlari, mahalliy kengashlarning bu jarayonda qanday masalalarga e’tibor berishlari lozimligi hamda boshqa masalalar aks etgan.    

Seminarda mahalliy kengashlarda hududiy prokurorlarning hisobotlarini eshitishda prokuratura organlari faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish, hududlarda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash samaradorligini yanada oshirishga e’tibor qaratildi.  

Tadbir yakunida mahalliy kengashlarga metodik yordamni tizimli tashkil etish, qonunlarni deputatlar va ekspertlar tomonidan kengroq muhokama qilishni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida ushbu hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.  

N.Abduraimova, O‘zA