Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar Yevropa Ittifoqining SE markirovkasiga ega bo‘ldi
13:40 / 2021-03-15

«O‘zstandart» agentligi tomonidan Respublikamizning eksport va investitsiya salohiyatini rivojlantirish maqsadida yurtimizdagi “Next Generation Product” va “Cotton Textile” korxonalarida xalqaro standart joriy etilib, xalqaro standartlar asosida mahsulot sinovlari amalga oshirildi.

Natijada Next Generation Product MCHJ QKda TUV NORD Baltik muvofiqlikni baholash idorasi, Cotton Textile MCHJda Siscertifications muvofiqlikni baholash idorasidan tegishli sertifikat olinib,

SE markirovkasini qo‘llashga erishildi.

 Ushbu SE markirovkasi mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini Yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishga yordam beradi.

 

«O‘zstandart» agentligi