Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasi yangi tizim asosida rivojlantiriladi
11:10 / 2026-02-19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Ushbu farmonga ko‘ra: 

(a) sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida yagona boshqaruvni joriy etish orqali yaxlit va muvofiqlashtirilgan davlat siyosati yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi; 

b) mamlakatda yuqori texnologiyali va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan qo‘shilgan qiymat zanjirlari yaratiladi, o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar aniqlanadi; 

v) tarmoq korxonalari tomonidan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining tashqi omillarga bog‘liqligi kamaytiriladi; 

g) yirik korxonalarning ishlab chiqarish zanjirlariga kichik va o‘rta biznes sub’ektlari keng jalb qilinadi; 

d) mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga mahsulot tannarxi pasaytirishga erishiladi; 

j) mahalliy ishlab chiqarishning global yetkazib berish zanjirlariga integratsiyalashuvi ta’minlanadi; 

z) ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash va xalqaro sifat standartlarini joriy etishga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlar o‘zlashtiriladi; 

i) iqtisodiyot tarmoqlarida mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etiladi.

Farmon bilan: 

a) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi; 

b) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi tashkil etiladi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga o‘tkaziladi. 

Farmonga muvofiq: 

a) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari; 

b) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tuzilmasiga o‘tkaziladigan tashkilotlar ro‘yxati; 

v) Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashining tarkibi tasdiqlandi. 

O‘zA