Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy ishlab chiqarish va eksport qo‘llab-quvvatlanmoqda
15:52 / 2026-01-07

Bugungi kunda “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan mazkur rejim imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelayotgan Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli tumanlarida faoliyat yuritayotgan un ishlab chiqarish korxonalarida o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, “Qonirat un zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur korxonada  bir kunda 150 tonna un mahsulotini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 80 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlagan.

Shuningdek, yillik quvvati 50 ming tonna un mahsulotini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Xo‘jayli un mahsulotlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati ham o‘rganildi. Korxona tomonidan 2025 yil davomida umumiy qiymati 2,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 8,4 ming tonna tayyor un mahsuloti xorijiy bozorlarga eksport qilinishiga erishilgan.

O‘rganish jarayonida korxona vakillariga mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan kelib chiqqan holda, “Bojxona hududida qayta ishlash”  rejimi imkoniyatlaridan yanada kengroq va samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri