O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
xarajatlarni qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish tartibi;
mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish davriyligi;
xarajatlarni qoplash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur Nizom mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sohani yanada rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirish maqsadida Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “O‘zbekekpertiza” AJning mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ma’lumot o‘rnida, oldinroq O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 27 maydagi PQ-193-son qaroriga muvofiq:
mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati tomonidan to‘lov undirilmasdan ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish amaliyoti joriy etilgan;
“O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining ekspertizadan o‘tkazish xarajatlari Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilangan edi.
O‘zA