Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat qarorlarini endi jamoatchilik kuzatishi mumkin
10:10 / 2021-05-27

Bugun qarorlarni qabul qilish jarayonini butunlay elektron shaklda amalga oshirishni nazarda tutuvchi «E-qaror» elektron tizimi orqali Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayevning ilk qarori qabul qilindi.

Bu ularning faoliyati va ish yurituvi shaffoflashishiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol bo‘lishining oldi olinishiga xizmat qiladi.  

Yangi dasturning yana bir ustunligi, chiqarilayotgan qarorni jamoatchilik “E-qaror” tizimi orqali bemalol kuzatishi mumkin.  

Ayni kunga qadar mazkur viloyatdagi barcha tuman (shahar) hokimlari real vaqt rejimida, hech qanday qog‘ozbozliklarsiz o‘zlarining birinchi elektron ko‘rinishdagi qarorlarini imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish bo‘yicha Hukumatning chora-tadbirlari qabul qilinib,  1 iyuldan “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilangan edi.