English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarimiz xalqaro bozorlarga kirib bormoqda
16:49 / 2026-03-10

O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar dastlab davlatimiz rahbarining farmatsevtika sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan taklif-tashabbuslar ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.

Deputatlar mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda mahalliy dori vositalari ulushini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlashda muhim qadam ekanini e’tirof etdi.  

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda sohada salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, farmatsevtika tarmog‘iga katta hajmda investitsiyalar jalb qilinib, yuzlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.  

Natijada mahalliy dori vositalari soni ortib, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari xalqaro bozorlarga ham kirib bormoqda.

O‘zLiDeP deputatlari belgilangan yangi vazifalar farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Xususan, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda bir qator qonun loyihalari ham ko‘rib chiqildi.

M.Komilova, O‘zA