Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy fan natijalarini xalqaro ilmiy maydonda targʻiboti ham ortmoqda
11:59 / 2020-09-23

Kaliforniya universitetining professori, fizik-olim Xorxe Xirsh tomonidan 2005-yilda taklif etilgan ilmiy metrik koʻrsatkichdir.


Oʻtgan uch yil mobaynida Oʻzbekiston ilmiy faoliyatni rivojlantirish borasida salmoqli yutuqlarga erishdi. Hukumat rahbariyati olimlarga katta eʼtibor berib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlamoqda.

2020-yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilingani esa, bu boradagi ishlar koʻlami yana-da kengaydi. Ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning rejali oʻsishi bilan bir vaqtda “Web of Science” va “Scopus” maʼlumotlar bazalari tomonidan indeksatsiya qilingan xorijiy jurnallarda oʻzbek mualliflarining ilmiy maqolalari soni ortib bormoqda.

Xususan, 2017–2018-yillarda mahalliy olimlar tomonidan “Scopus” jurnalida 1 121 ta ilmiy maqola (2017-yilda 590 ta va 2018-yilda 531ta) chop etildi. 2019-2020-yillarda esa 601 ta maqola (2019-yilda 1,040 ta va 2020-yilda 1,561ta) eʼlon qilindi.

Shunga mos ravishda, mahalliy fan natijalarini xalqaro ilmiy maydonda targʻiboti ham ortmoqda. Bu tendensiyalarning barchasi aniq ijobiy xarakterga ega boʻlib, davlatimizning jadal rivojlanayotganini namoyon etadi.

– Katta yoʻl boshida ekanimizni inobatga olib, boshqa mamlakatlarning jahon reytingidagi amaldagi holatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan xatolariga eʼtibor qaratish, ularning tajribasini inobatga olish zarur, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori Aleksandr Soy. – Xususan, koʻpchilik mamlakatlarda olimlarning ilmiy etikaga rioya qilmasliklari, yaʼni plagiat, maʼlumotlarni oʻylab topish, soxta ilmiy natijalarni shakllantirish uchun maʼlumotlarni oʻzgartirish kabi holatlar kuzatiladi.

Butun dunyoda mutaxassislar Xirsh indeksi (h-index)ni turli yoʻllar bilan oshirishga intilish avj olganini kuzatmoqdalar.

Bunda olimning sohasiga mos kelmaydigan, ilmiy olamda notanish mualliflar maqolalarida yoki firibgar jurnallarda havolalar joylashtiriladi, sirtdan oʻtkaziladigan konferensiyalarning toʻplamlarida maqolalar chop ettiriladi. Bularning barchasi shubhasiz ilm-fanning obroʻsizlanishiga olib keladi.

Kaliforniya universitetining professori, fizik-olim Xorxe Xirsh tomonidan 2005-yilda taklif etilgan ilmiy metrik koʻrsatkichdir.

Xirsh indeksi – bu maqolalar soni va ularning iqtiboslanishi sonidan kelib chiqqan holda olim, olimlar guruhi, ilmiy tashkilot yoki umuman mamlakatning ilmiy mahsuldorligining miqdoriy oʻlchovidir.

Turli manbalarda Xirsh indeksini oshirib koʻrsatishning “kulrang sxemalari” taʼriflangan. Misol uchun, markazlashtirilgan havolalarni almashish va pullik hammualliflik taklif etiladi. Bunda mualliflar oʻz narxlarini koʻrsatib, boʻlajak maqolaga hammualliflik yoki sirtqi konferensiyalarda ishtirok etishni taklif etadilar. Natijada, puli bor har qanday odam odam nufuzli xalqaro maʼlumotlar bazalaridan muntazam ravishda chiqarib tashlanadigan toʻplamlarda maqolasini chop etishi mumkin boʻladi.

Ilmiy maqolalar boʻyicha mahalliy ekspert Rauf Salaxodjayevning taʼkidlashicha, “Maqolalar mualliflari oʻz reytinglarini oshirish uchun oʻz-oʻzlaridan iqtibos keltirish yoʻliga oʻtish yoki bir-biridan ommaviy ravishda iqtibos keltiradigan “iqtibos fermalari” – olimlar klasterlaridan yordam izlab murojaat qilish holatlari ham koʻp uchraydi, – deb fikrini bildirdi. – Bundan tashqari aksariyat hollarda nashr saytidagi notoʻgʻri maʼlumotlar olimlarning adashishiga olib keladi. Shuningdek, olimlar xorijiy jurnallarning puchini puchga ajratish uchun yetarli bilimlarga ega emasliklari ham pand beradi.”

Innovatsion rivojlanish vazirligi xalqaro ilmiy jurnallarda milliy maqolalarimiz sonini oshirish borasida olimlarni qoʻllab-quvvatlab kelish bir qatorda tadqiqotchilarimizning ilmiy axloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Negaki, bu milliy ilm-fanimizning shaʼni va obroʻyi masalasidir.

Vazirlik tadqiqotchilarga avvalo tadqiqotlarni sifatli amalga oshirish va tadqiqotlari natijalarini “toʻgʻri” jurnallarda chop qilishni qatʼiy nazoratga olgan. Olimlarning adashmasliklari, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalarini chop ettirishga mamlakatimizda yetarli sharoitlar yaratilganini ham shu oʻrinda aytib oʻtish darkor.

Amaliy nuqtayi nazardan, joriy yil boshidan buyon vazirlik olimlarga SpringerLink (SpringerNature), Wiley (JohnWiley&Sons, Inc.) va ClinicalKey (Elsevier) kabi dunyodagi eng yirik ilmiy nashriyotlarning elektron platformalaridan bepul foydalanish imkonini berdi. Ushbu platformalar butun dunyodagi eng yaxshi olimlar maqolalarining toʻliq matnini oʻz ichiga oladi.

“Springer Nature” dunyodagi eng yirik ilmiy nashriyotlardan biri boʻlib, 1842-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda “Springer Nature” turli fan yoʻnalishlari boʻyicha taxminan 3 mingga yaqin ilmiy jurnallarni chop etadi. 1832-yildan 2020-yilgacha davrda uning arxivida 6 milliondan ortiq maqolalar yigʻilgan. Xususan, tabiiy fanlar yoʻnalishlari – tibbiyot, biotexnologiya, biotibbiyot, kimyo, farmatsevtika, mikrobiologiya boʻyicha Springer toʻplamida 130 dan ortiq jurnallar mavjud va tadqiqotlarning 50 mingda oshiq ilmiy protokollari jamlangan.

Wiley Online Library internet resurslari ichidagi eng yirik fanlararo toʻlamga ega axborot bazasi hisoblanadi. Mazkur platforma biologiya fanlari, tibbiyot, fizika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar boʻyicha eng nufuzli manbalardan biri. Undan foydalanuvchilar 200-yildan ortiq tadqiqot natijalarini oʻqib, oʻrganish imkoniyatiga egadirlar. Ushbu resursda 2 300 dan ortiq jurnal, 16 000 dan ortiq elektron kitoblar va yuzlab koʻp jildli maʼlumotnoma nashrlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa materiallar mavjud.

Innovatsion rivojlanish vazirligi mazkur kompaniyalar vakillari bilan hamkorlikda muntazam ravishda oʻquv seminarlari va vebinarlar oʻtkazib kelmoqda. Bundan tashqari, ilmiy maqolalarni reyting jurnallarida nashrga tayyorlash boʻyicha mahorat darslari alohida tashkil etilmoqda. Shuningdek, vazirlik yaqinda “EnglishforScience” pilot loyihasini ishga tushirdi, uning asosiy maqsadi ham yosh, ham katta yosh toifasidagi mahalliy olimlarning ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat.

Shu oʻrinda barcha yuqorida aytib oʻtilgan loyihalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markaziga murojaat qilishlari mumkin. Bu chora-tadbirlarning barchasi birgalikda Oʻzbekiston ilm-fani maqomini yangi bosqichga olib chiqish, mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan.

Diyora Mamayeva,
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi
Ilmiy-texnik axborot markazi boʻlim boshligʻi