Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy deputatlar korrupsiyaviy omillarning oldini olishga e’tibor qaratdi
11:25 / 2025-12-17

Angor tumani tibbiyot birlashmasida Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari korrupsiyaga qarshi nazorat-tahlil tadbiri tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining joriy yil 4 noyabrda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida sog‘liqni saqlash sohasida ham korrupsiyaviy omillar hali to‘liq bartaraf etilmagani, jumladan, ishga qabul qilish, davolanganlik va salomatligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, tibbiyot jihozlari, dori vositalari xarid qilishda bu illatga duch kelingani ta’kidlangan edi.

Xalq deputatlari Angor tumani kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyasi a’zolari o‘tkazgan tadbirda tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaning oldini olish, barcha yo‘nalishlarda ochiq, shaffof ish yuritish, shuningdek, aholini belgilangan bepul dori-darmon bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Nazorat-tahlil tadbirida mahalliy kengashdagi xalq vakillari tibbiyot muassasasida ishonch telefonlari faoliyati, axborot lavhalarining mavjudligi va mazmuni, fuqarolar qabuli jarayoni hamda bepul dori-darmonlarni taqsimlash tartibining amaldagi holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish yakunida tibbiyot muassasasida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri