Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy budjetni qabul qilish qonun bilan mustahkamlanadi
17:29 / 2019-11-04

Bu borada Prezidentimizning 2018 yil 22 avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.


Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini isloh qilish doirasida iqtisodiy va moliyaviy statistika ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va budjet jarayoni ochiqligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2018 yil 22 avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Davlat budjeti boshqarmasi tomonidan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkazigan seminarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. 

Tadbirda deputatlar tomonidan 2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinishi ta’kidlandi. Uning qabul qilinishi davlat boshqaruvi sektori barcha darajalarining budjet borasidagi mas’uliyatini oshirib, budjet ijrosi intizomini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, davlat budjeti daromadlarining soliq turlari bo‘yicha xarajatlarini sohalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan qayta-qayta tasdiqlanishiga barham beriladi.

Bugunga qadar mahalliy hokimliklar o‘z budjetini qabul qilishda respublikadan berilgan raqamlarni tasdiqlab qo‘yardi. Ular biror raqamni o‘zgartirish vakolatiga ega emasdi. Bir so‘z bilan aytganda, mahalliy Kengashlarda budjetni qabul qilish ramziy ma’noga ega edi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy budjetlarning daromadlarini soliq turlari bo‘yicha hamda xarajatlarini budjet tashkilotlari bo‘yicha o‘zlari belgilashi aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining o‘zlariga tegishli bo‘lgan budjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta’minlanadi.

Vazirlik va idoralarning budjetlari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi ularga ajratilgan budjet mablag‘larining natijadorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Davlat budjeti daromadlari qismida bo‘layotgan o‘zgarishlar, mahalliy hokimiyatning iqtisodiyotni rivojlantirish orqali soliqqa tortish bazasini kengaytirishga va budjetga tushadigan tushumlarni ko‘paytirishga qiziqishini oshiradi. Qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha chegaralarning o‘rnatilishi ushbu mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiradi hamda davlat budjetining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.