English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi
17:08 / 2025-10-13

Andijon viloyati Jalaquduq tumanining chekka hududida joylashgan “Hamza” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Hikmatillo Latipov, mehnat faxriylari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda mahalla tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun moslashtirilgan yangi binolar barpo etilib, mahalla mas’ullarining samarali faoliyat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganligi ta’kidlandi. 

– Hozirda 740 ta xonadonda 3,5 ming nafarga yaqin aholi yashaydigan mahallamizning idorasi ancha eskirib, ko‘rimsiz holatga kelib qolgan edi, – deydi Hamza nomidagi MFY raisi Muhammadro‘zi Olimov. – Hukumatimizning e’tibori, tuman hokimligining ko‘magi bilan mahalla binosi to‘la ta’mirlab berilganidan juda xursandmiz. Rais, umuman, mahalla yettiligi uchun alohida xonalar mavjud bo‘lgan binoda samarali faoliyat yuritish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. 

Tadbir ishtirokchilari yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman hokimligi, Mahalla uyushmasi tomonidan mahalla idorasiga mebel jihozlari, kompyuter jamlanmasi topshirildi. 

Yangi bino foydalanishga topshirilishi bilan aholi qulaylik yaratish bilan birga, murojaatlarini joyida hal etish, mahalla tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari