French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallaning yangi binosi aholi xizmatida
16:21 / 2021-11-13

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Ahillik” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binoda ish boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berilayotgan e’tibor aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani, xususan, viloyatda 236 ta fuqarolar yig‘inlari tomonidan aholining turmush darajasini yanada yaxshilash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Viloyat hokimligi tomonidan  mahalla fuqarolar yig‘iniga kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi. Zamonaviy ko‘rinish kasb etgan mazkur binoda aholi uchun kutubxona, mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar mavjud. Zamonaviy texnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlangan yangi bino aholi xizmatida.

Sh.Suyarov,

F.Toshmatov (surat), O‘zA