Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallaning obod yo‘llari: ichimlik suvi, gaz va elektr bilan bog‘liq imkoniyatlar kengaymoqda
16:53 / 2023-10-09

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamizning barcha viloyatlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ana shunday manzillardan biri Samarqand viloyatidir. “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlariga ko‘ra viloyatning Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Cho‘yanchi, Oqdaryodagi Yangiqo‘rg‘on, Pastdarg‘omdagi Olti qahramon va Ishtixondagi Chag‘atoy mahallalarida bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Tanlab olingan ushbu mahallalarda bugungi kunda 18 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu manzillarda “xonadonbay” xatlov o‘tkazilib, hududlar kesimida “Yo‘l xaritalari” tuzilib, ishlar boshlab yuborildi.

Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan jami 44 ta ko‘cha obodonlashtirildi.

Xususan, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida eski simyog‘ochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 19 ta TP punkti kapital ta’mirlandi va yangilari o‘rnatildi.

Xalqimizda “yo‘ling ravon bo‘lsa, ishing oson bitur”, degan naql bor. Mahallalardagi ichki yo‘llarning jami katta qismiga asfalt yotqizildi va 39,9 kilometri shag‘allashtirildi. Hududlardan o‘tuvchi jami ariq va zovurlar tozalandi.

Aholini yana bir quvontirgan jihat – qish mavsumi oldidan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 45 ta GTP kapital, 27,0 kilometrli gaz quvuri joriy ta’mirlandi. Isitish qozonlari qayta rekonstruksiya qilindi.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlariga 65 tonnadan ziyod, aholi xonadonlariga 4,0 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.

Fuqarolarni o‘ylantirayotgan yana bir masala – ichimlik suvi bo‘lib, aholi ehtiyojidan kelib chiqib suv quvurlari tortildi. 

Elimizda marhumlar xoki turgan joyni obod saqlash savobli amallardan sanaladi. Shu ma’noda mahallalardagi 13 ta qabriston to‘liq tozalanib, daraxtlarga shakl berildi.

Mahalla binosi va ijtimoiy ob’ektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosini qurilmoqda. Hududlardagi umumta’lim maktabida ham kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Inson tanidagi biror kasallikni davolash qachon qiyin kechishi mumkin? Albatta, o‘sha dardga beparvo bo‘linsa yoki uning oldini olish choralari vaqtida ko‘rilmasa. Sog‘liqni saqlash madaniyatini shakllantirish borasida ham hududlarda aholiga ko‘maklashilmoqda. Xususan, bu borada mazkur maskandagi 9 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shuningdek, 560 nafar fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi hamda viloyat va tuman sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘plab bemorlarning shifo topishiga ko‘maklashildi.

Ezgu ishlar davom etmoqda.

Abdulaziz Rustamov, O‘zA