Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish – bosh maqsad
18:18 / 2023-09-14

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Urganch shahridagi qizil toifaga kiritilgan Temiryo‘lchi mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi idoralarining 120 nafar tezkor xodimi va mutaxassislaridan iborat ishchi guruh mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish va qizil hududdan chiqarish yuzasidan muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.  

Hududda 1215 xonadonda 3890 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davrida mahallada 20 ta jinoyat sodir etilgan. Tahlillar esa 14 tasining oldi olinishi, 6 tasi esa barvaqt aniqlanishi mumkin bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Bunday holatlar kelgusida sodir etilishining oldini olish maqsadida ishchi guruh tomonidan kompleks profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, muqaddam jinoyat sodir qilgan, probatsiyada ro‘yxatda turuvchi va jinoyat sodir qilishga moyil, g‘ayrli ijtimoiy xulq atvorga ega shaxslar, ularning oila a’zolarining yashash sharoiti to‘liq o‘rganilib, qayta hatlovdan o‘tkazildi.  

[gallery-13587]

Mahallada tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda esa 57 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlanib, 8 nafariga ambulator va 2 nafariga statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanmalar hamda 47 nafariga 120 turdagi bepul dori-darmonlar va tibbiy vositalar tarqatildi. Shuningdek, mahalla hududida tashkil qilingan mehnat yarmarkasida 18 fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 13 nafariga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. 4 nafar fuqaroning kasbga qayta o‘qitilishi hamda 3 nafariga subsidiya olishida amaliy yordam ko‘rsatildi.  

Temiryo‘lchi mahallasi hududidagi mavjud 74 ta ko‘p qavatli uy-joyning 519 xonadonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz-havo aralashmasida sodir bo‘ladigan chaqnashlar, is gazidan zaharlanish va yong‘inga qarshi holatlar o‘rganilib, nosoz qo‘lbola isitish moslamalari, elektr vositalaridan foydalanmaslik, mo‘rilarni yoqishdan oldin tozalash ishlarini bajarish yuzasidan aholi o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘zA fotomuxbiri Behzodbek SAIDOV olgan suratlar