French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalardagi imkoniyati cheklangan insonlarni ommaviy sportga jalb etish masalalari muhokama qilindi
10:02 / 2023-11-30

O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasida mahallalardagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, imkoniyati cheklangan yoshlarni ommaviy sportga jalb etish masalasi Toshkent shahar misolida ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda poytaxtimizda Paralimpiya harakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilindi. Shu bilan birga, joriy yilning 1-7 dekabr kunlari shaharning barcha tumanlarida “Paralimpiya haftaligi” loyihasi doirasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va unga mahallalardagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.  

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan birgalikda tegishli mas’ullar ishtirokida Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlaridagi mavjud mahallalarda har bir nogironligi bo‘lgan shaxsning adaptiv jismoniy tarbiya va sportga qamrab olinishini namuna qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA