Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi yanada takomillashadi
10:42 / 2022-01-06

Yoshlar masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 Shu bois yoshlar bilan ishlashda yangi tizim ishlab chiqildi. Ularning hayotiga oid har bir masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilayotgani ham ana shu ishlarni yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolatdir. Farg‘ona viloyatida to‘rt mingga yaqin nomzodlar orasidan 1 ming 55 nafar yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan, fidoyilar yoshlar yetakchiligiga tanlab olindi.

Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” hamda Qo‘shtepa tumanidagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini misolida mahallalarda yangi tashkil etilgan yoshlar yetakchilari uchun namunaviy seminar tashkil etildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari haqida ishtirokchilarga batafsil tushuncha berdi.

Tadbirlarda 14-30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, basketbol, shashka, stol tennisi kabi turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, kitobxonlik yo‘nalishi, madaniyat va san’atning ikki yo‘nalishi, kompyuter savodxonligi bo‘yicha treninglar tashkil etildi. Har bir yetakchiga o‘zlarining mahallasidagi yoshlar o‘rtasida shu kabi bellashuv va musobaqalarni muntazam tashkil etishlari bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bunday seminarlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Barcha shahar va tumanlarda ish boshlagan yoshlar yetakchisining asosiy vazifasi – “Yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta’minlash, mahalladagi har bir yosh bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, “Beshta muhim tashabbus” ijrosini tashkil etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va bandligini ta’minlashdan iborat.

M. Sulaymonov, O‘zA