Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda xavfsizlik nazorati kuchaytirildi
14:51 / 2026-02-19

Sirdaryo viloyati mahallalarida xavfsiz muhitni ta’minlash va aholi muammolarini tezkor hal etish maqsadida yangi manzilli nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur qarorga muvofiq, viloyat va tuman, shahar rahbarlari tegishli muassasalarga biriktirilib, mahallalardagi har bir masala samarali va tezkor hal etish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.

Shu asosda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov Boyovut tumanida bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda fuqarolarning turli sohalardagi ehtiyojlari va ijtimoiy xavotirlari atroflicha muhokama qilindi, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash choralari ham e’tibor markazida bo‘ldi.

Muloqotda eng asosiy masalalar sifatida ayollar jinoyatchiligi, oilalardagi nizolar va ajrim holatlari, shuningdek, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruh qo‘ygan shaxslar bilan profilaktik ishlar samarali tashkil etish ko‘tarildi. Shu maqsadda mahalla, ijtimoiy xizmatlar, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bu choralar aholi xavfsizligini tizimli ta’minlash, jinoyatchilik va ijtimoiy muammolarning oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi va ularni joyida hal etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar hamda tavsiyalar berildi. Mahalla va mas’ul organlar qonuniy choralar ko‘rish, ijtimoiy-iqtisodiy yordamni samarali taqsimlash va profilaktik tadbirlarni davom ettirish bo‘yicha aniq vazifalarga yo‘naltirildi.

Bunday ochiq muloqotlar mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, huquqbuzarlik va ijtimoiy muammolarning barvaqt oldini olish hamda barqaror xavfsiz muhitni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur tizimning doimiy amalga oshirilishi mahallalarda ijtimoiy tartibni saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash va mahalliy jamoalarda ishonch muhitini mustahkamlashda asosiy omil hisoblanadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri