Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra “mahalla-maktab-oila” uzviy zanjirini mustahkamlashda pedagog va o‘quvchi, maktab va mahalla o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, o‘quvchi-yoshlarni ruhiy salomatligini mustahkamlash, hayotiy zo‘riqishlarga chidamliligini oshirish shuningdek, oiladagi maishiy, iqtisodiy, psixologik bosim va zo‘ravonliklarni oldini olish kabi ahloqiy-ruhiy muammolar bilan qiynalayotgan aholini qamrab olish, ular o‘rtasida psixoprofilaktikani kuchaytirishda psixologik xizmatning zarurati kuzatildi. Natijada, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti tashabbusi bilan ilk bor pilotaj usulda “Psixologik klinika”lar tashkil etildi. Ilk bor tashkil etilgan “Psixologik klinika” Yunusobod, Shayxontohur va Toshkent tumanlaridagi mahallalar hududidagi umumta’lim maktablarda tashkil etiladi va faoliyat yuritadi.
“Psixologik klinika” maqsadi: mahalla aholisining turli qatlami bilan psixologik ishlarni tashkil etishdan iborat. Shuningdek, tuman xududidagi “Qizil” va “Sariq” toifadagi mahallarda sodir etilgan jinoyatlarning asl sabablari ilmiy tahlil etilgan holda mahallalardagi “Jinoyat o‘choqlari” aniqlanib mazkur joylarda jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida tuman IIB bilan hamkorlikda kuchaytirilgan reyd tadbirlari va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EPJfpNB7A_o" title="Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo`yicha ishlar o`rganilmoqda " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov O‘zA