Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda tomorqalardan foydalanish kuchaytiriladi
14:08 / 2025-03-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali ahoili bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, 2025 yil 11 martdan boshlab "dolzarb bir oylik" safarbarligi e’lon qilindi.

Safarbarlik doirasida: 

a)  mahallalarda 29 mingta kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish, zarur qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni yetkazib beriladi; 

b)  aholi xonadonlariga 1,23 million bosh parranda, 24 ming oila asalari va 21 ming bosh qo‘y-echki va qoramol yetkazib beriladi; 

v)  400 ming gektar aholi tomorqalarida hamda 180 ming gektar ijara yer maydonlarida sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va boshqa serdaromad ekinlarni ekish yo‘lga qo‘yiladi. 

Har bir mahalla aholi tomorqalarida "Bir mahalla-bir mahsulot" hamda ijara yerlarida "Bir kontur-bir mahsulot" tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilishi tashkil etiladi. 

Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ariq va zovurlarni tozalash bo‘yicha ommaviy hashar va madaniy tadbirlar tashkil etiladi. 

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekilishi tashkil etilib, kambag‘al oilalar xonadonlariga ekish uchun mevali daraxtlar ko‘chatlari yetkazib beriladi. 

Mahallalarda mini-traktor va motokultivatordan foydalangan holda aholi tomorqalarini ekin ekishga tayyorlash ishlari tashkil etiladi hamda ularga usta dehqonlar va agronomlar biriktiriladi. 

Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 874 ta mahallani sug‘orish tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalar Navro‘z umumxalq bayramiga qadar yakunlanadi. 

Kambag‘al oilalar a’zolari hamda ishsiz fuqarolarga moliyaviy ko‘mak paketlari (ixcham issihxona, parranda, baliq, chorva mollari, asalari qutilari, limon, xurmo va boshqa ekinlarning ypyg‘ va ko‘chatlari) taqdim etiladi. 

Mahallalarda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan mikroloyihalarni amalga oshirish choralari ko‘riladi. 

Kambag‘al oilalarning og‘ir kasalligi hamda nogironligi bo‘lgan a’zolarining davolanishiga ko‘maklashib, farzandlarini xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zA