Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda saylovga tayyorgarlik qanday bormoqda?
11:44 / 2021-09-28

Joriy yilning 24 oktyabrida mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy kampaniya – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Xo‘sh ushbu siyosiy jarayonga Jizzax viloyatining qishloq va mahallalarida qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?  

Ana shu savolga javob olish maqsadida O‘zA muxbiri viloyatdagi Sharof Rashidov tumaniga qarashli bir nechta mahalalardagi saylov uchastkalarida bo‘ldi.  

Sharof Rashidov tumanidagi biz o‘rganish o‘tkazgan bir qator saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Jumladan, biz o‘rganish o‘tkazgan tumandagi “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 174-saylov uchastkasi, “Qatortol” MFYdagi 157, “Mulkanlik” MFYdagi 158, “Qo‘sh ko‘prik” MFYdagi 159 va “Yangi hayot” MFYdagi 208-saylov uchastkalarida, ba’zi juz’iy kamchiliklarni inobatga olmaganda, barcha ishlar saylov o‘tkazish talablarida belgilangan aniq tartib-qoidalarga to‘la rioya qilingan holda olib borilmoqda.  

Ushbu saylov uchastkalarining barchasi Davlat bayrog‘i, gerbi, ovoz berish, kabinalari, qutilari va mobil (yotib qolgan saylovchilar uchun) qutilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning avtobiografiyasi hamda saylov oldi dasturlari bitilgan plakaktlar, qattiq va yumshoq mebel va boshqa zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.  

Barcha saylov uchastkalari internet tarmog‘iga (vayfayga) ulangan, kompyuter, aloqa vositalari hamda zarur miqdordagi konselariya va boshqa (ehtiyojga qarab) kerakli buyumlar bilan jihozlangan. Jumladan, “Qo‘sh ko‘prik” mahallasidagi 159-saylov uchastkasi tumandagi 36-sonli umumta’lim  maktabi binosida joylashgan.  

Saylov uchastkamizda rais, o‘rinbosarlar va 12 nafar komissiya a’zolarimiz uchun 3 ta xona ajratilib jihozlangan, saylovchilarning ovoz berishlari uchun esa foyedan foydalaniladi, – deydi 159-uchastka saylov komissiyasi raisi Sardorjon Vohidov. – Saylov uchastkalarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomda, tibbiy yordam ko‘rsatish burchaklari tashkil etilmasin, degan jumlalar bo‘lmaganligi sababli, biz, pandemiya tufayli har ehtimolga qarshi uchastkamizda tibbiy yordam ko‘rsatish xonasini ham tashkil etdik.  

Markaziy, viloyat, tuman hamda siyosiy partiyalarning bosma nashrlari jamlanma(podshivka)si, Saylov kodeksi va saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa zarur hujjatlar taxt qilib qo‘yilgan, uchastka, navbatchilik va boshqa yuritilishi lozim bo‘lgan jurnal(daftar)lar to‘ldirib borilmoqda.  

Ushbu 159-saylov uchastkasi “Qo‘sh ko‘prik” MFY hududida joylashgan bo‘lib, bu yerda 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qilar ekan. Saylovchilar soni 2 ming 470 nafar bo‘lib, ulardan 168 nafarini bu yil birinchi bor Prezident saylovlarida ishtirok etuvchi yoshlar tashkil etar ekan.

Keyingi xizmat safarimizning manzili tumandagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosidan joy ajratilgan 208-saylov uchastkasiga bo‘ldi.  

– Bizning 208-saylov uchastkamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Gulnora Dushanova. – Uchastka saylov komissiyamizning barcha 12 nafar a’zosi uchun shu joyning o‘zida seminar tashkil etib, bilim va ko‘nikmalarimizni mustahkamlab oldik. Ayni paytda komissiya a’zolarimiz tomonidan uyma-uy yurib, saylovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Saylovchilarimiz “Yangi hayot” mahallasi to‘liq, “Uchtepa” mahallasining bir qismida istiqomat qiladi. 2 ming 532 nafar saylovchimizning 145 nafari bu yil saylovlarda birinchi marta ishtirok etmoqda. 8 nafar saylovchimiz uchastkaga kela olmaganligi uchun saylov kuni mobil saylov qutisini komissiyamiz a’zolari uylariga borib, saylovda ishtirok etishlarini ta’minlaydi.  

Bu va yuqorida 159-saylov uchaskasidan keltirilgan raqamlarga hali o‘zgartishlar kiritilishi mumkin. Chunki biz bo‘lgan saylov uchastkalarining barchasida saylovchilarni ro‘yxatga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.  

[gallery-4072]

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat) O‘zA