English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda
13:18 / 2024-02-03

Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning sud-huquq tizimiga doir murojaatlarini o‘rganish, ularni qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish hamda hududdagi jinoyatchilik holatini muhokama qilish maqsadida Xorazm viloyat sudi tomonidan Urganch shahrining Istiqlol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi raisi va sudyalari, shahar IIB vakillari hamda mahalla ahli qatnashdi. Unda ma’ruzachilar sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan  Jinoyat, Fuqarolik, Iqtisodiy protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarning mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan sud-huquq tizimiga doir vazifalarni tushuntirib, amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.  

Xususan, yangi qonunga ko‘ra endilikda sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish vakolati berilgani, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarori ustidan shikoyat (protest) berish masalasida sud ishlarini taftish tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilgani tushuntirib o‘tildi.  

[gallery-15771]

Shuningdek, viloyat sudi raisi tomonidan fuqarolarning sudga doir murojaatlari ham alohida tartibda o‘rganilib, shu yerning o‘zida masalaning yechimi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Shu kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining sayyor sud majlisi ham o‘tkazildi.                                                                                                                          

Sayyor majlislarda ko‘rilgan ayrim ishlar yarashuv bilan, ayrimlari esa huquqbuzarlarga tegishli jazo tayinlash bilan yakunlandi.  

Muhimi, barcha protsessual harakatlar aholining ko‘z o‘ngida o‘tkazildi. Bu esa fuqarolarda jinoyatlarning salbiy oqibati haqida to‘g‘ri xulosa shakllanishiga hissa qo‘shadi.  

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari