Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilmoqda
18:39 / 2023-08-18

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlardagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday manzillardan biri – poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Gulbog‘ mahallasidir.  

Mazkur mahallada Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, sohaviy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahri va Bektemir tumani sektor rahbarlari, mahalladagi “beshlik”dan iborat  Respublika ishchi guruhi xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish ishlarini amalga oshirmoqda.

Jumladan, murojaatlar asosida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 12,8 km ichimlik suvi quvuri tortildi. Natijada yaqin orada 554 xonadon ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi.

Mahalladagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash maqsadida yo‘llar asfalt qilindi. Mahalladagi 3,9 km gaz quvuri yangilanib, to‘rtta  gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi.

Elektr ta’minoti bo‘yicha eskirgan 17 simyog‘och demontaj qilindi va 36 ta yangisi o‘rnatildi, transformator punkti ta’mirlandi.

Shuningdek, Gulbog‘ mahallasining Obod, Turkiston, Nafosat, Ziyonur ko‘chalarida saylgoh, sport maydonchasi, vorkaut, bolalar maydonchalari barpo etish loyihalari ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, fuqarolarning sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, subsidiya, kredit, uy-joyni ta’mirlash va boshqa masalalar bo‘yicha muammolari aniqlanib, hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Uyma-uy o‘rganishlar natijasida 13 nafar fuqaroga shifoxonada davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi, 144 nafariga zarur dori-darmon, nogironlik aravachasi va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga turli yordamlar ko‘rsatildi.  

Mahallada aholi bandligini ta’minlash va oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 22 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 15 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qildi. 9 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 3 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun subsidiya asosida maishiy texnika olib berildi.  

Og‘ir turmush sharoitida yashovchi 48 nafar fuqaroning xonadonida ta’mirlash ishlari belgilanib, hozirda 24 xonadonda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.  

 

O‘zA