Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda “Mushoira” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
14:01 / 2024-05-03

Ma’lumki, joriy yilning 1-martidan boshlab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida navbatdagi tanlov va sport musobaqalari start oldi.

Bu yilgi mavsumda madaniyat va san’at, kompyuter texnologiyalari va IT yo‘nalishi, kibersport, kitobxonlik va intellektual o‘yinlar, kasblar tanlovi yo‘nalishida tanlov va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.  

Shunga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida she’rxonlik, g‘azalxonlik va kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida mahallalarda “Mushoira” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

Bahr-u-bayt tarzida olib borilgan tanlovda adabiyotga qiziquvchan yosh iste’dod egalari ishtirok etib, o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar sektor bosqichiga yo‘llanma oldi.    

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA