Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda mikromarkazlar tashkil etiladi
14:27 / 2022-07-27

Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mahallalarda yuridik shaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlari tashkil etiladi.

       Mikromarkazlar mahallalar yoki mahallalarning tutash hududlarida bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari negizida yoki qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer maydonlarida tashkil etiladi.

Har bir mikromarkaz maydoni davlat mulki ob’ektining 150 kvadrat metridan yoki yer uchastkasining 0,1 gektaridan oshmasligi lozim. Davlat mulki ob’ekti yoki yer uchastkasi maydoni belgilangan mikdordan oshganda, bir hududda bir nechta mikromarkazlardan iborat mikromarkazlar kompleksi tashkil qilinishi mumkin.

    Mikromarkazlar zaruratga qarab har bir mahalla uchun alohida yoki bir nechta mahallalar uchun aholiga qulay bo‘lgan joylarda tashkil qilinadi.

    Mikromarkazlarni tashkil qilish davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalarini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali tadbirkorlarga ijara huquqi asosida berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

     Mikromarkazlarni tashkil qilish uchun davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari quyidagi shartlar asosida tadbirkorlarga 5 yil muddatga ijaraga beriladi: 

o‘z mablag‘lari hisobidan davlat mulki ob’ektini rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash yoxud yer uchastkasida bino-inshootlarni qurish;

 davlat mulki ob’ekti va yer uchastkasida tasdiqlangan namunaga muvofik, mikromarkaz tashkil etish hamda ijara muddati mobaynida belgilangan faoliyatni amalga oshirish; 

tashkil etilgan mikromarkazda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyat yunalishlari bo‘yicha kamida 10 ta yoki chorvachilik yunalishi bo‘yicha kamida 3 ta ish o‘rnini yaratish va ta’minlab borish; 

 davlat mulki ob’ekti yoki yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan kundan boshlab 6 oy mobaynida mikromarkazni tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmaganligi yoki ijara muddati mobaynida shartnoma shartlari bajarilmaganligi davlat tomonidan shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga asos bo‘ladi.

     Shartnoma shartlari bajarilmaganligi sababli kelishuv bekor qilinganda, tadbirkorning rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va qurilish xarajatlari qoplanmaydi hamda tegishli ob’ekt yoki yer uchastkasi belgilangan tartibda qayta elektron onlayn-auksionga chikqariladi.

                                                                                              O‘zA