Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish tizimi takomillashtiriladi
11:39 / 2025-08-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahalalarda jinoyatchilikning oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

a) oxirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan "qizil" toifaga kiritilgan mahallalarda joriy yil yakuniga qadar alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish orqali xavfsiz muhitni yaratish;

b) kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish; 

v) joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish; 

g) kriminogen vaziyati murakkab   mahallalarda     manzilli tadbirlarning natijadorligini         ta’minlashda      mhalliy hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish ko‘zda tutilgan. 

Mazkur qaror bilan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomga; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi "Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3216-son qaroriga;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish buyicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5076-son qaroriga;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qaroriga;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qaroriga: 

a) oxirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan "qizil" toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha alohida yondashuv asosida manzilli ishlash mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi konsepsiyani tasdiqlash hamda uni tatbiq etish orqali tashkiliy-profilaktik tadbirlar olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish; 

b) kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda nomma-nom biriktirilgan mas’ul rahbarlar tomonidan tashkil etiladigan "namunali xavfsiz ko‘cha" va "namunali xavfsiz uy" loyihalariga qo‘yiladigan namunaviy talablarni tasdiqlash; 

v) ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish hamda bakalavriat dasturi bo‘yicha qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

O‘zA