Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarda bankirlar faoliyati boshlandi
18:16 / 2025-01-09

Prezident topshirig‘i amalda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Toshkent viloyatidagi tijorat banklari tomonidan 264 ta “Mahalla bankiri” shtatlari ochildi. Shuningdek, joylardagi har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” ham tanlab olinmoqda. 

Mahalla bankirlari birinchi galda o‘zlariga biriktirilgan hududning biznes imkoniyatlarini o‘rganadi. Mahalliy aholi bilan suhbat qilgan holda ularning g‘oyalarini tijorat loyihalariga aylantiradi. Fuqarolarning kredit olishi va belgilangan tartibda qaytarishi, biznes ochish, ishlab chiqarilgan mahsulotini sotishga o‘rgatadi, mavjud loyihalarga hamrohlik qiladi. 

2025 yilda Toshkent viloyati bo‘yicha 350 mingdan ziyod aholini banklar orqali band qilish reja qilingan. Shu maqsadda, 22 ta tuman va shaharlar hokimlari hamda tijorat banklari rahbarlari o‘rtasida aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi. 

Bugungi kunda mas’ullar bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ular faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarga yechim topishga va bu orqali aholini doimiy bandligini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda. 

A.Musayev, O‘zA