English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalar yoshlari ctritbolda kuch sinashdi
15:16 / 2024-10-18

Sirdaryoda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalar yoshlari o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha musobaqalarning viloyat bosqichi bahslari o‘tkazildi. Unda shahar va tumanlar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahallalar jamoalari o‘zaro bellashdi.

– Mahalla yoshlari o‘rtasida nafaqat stritbol, balki minifutbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, vorkaut kabi sportning bir qancha turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazyapmiz, – deydi viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov. – Sportning ushbu turlarini ommalashtirish, ishtirokchi yoshlar sonini oshirish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish masalasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 67-maqsadida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadigan aholi sonini 2026 yilgacha 33 foizga yetkazish, yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini omallashtirish kabi maqsad va vazifalar belgilab berilgan.

Stritbol bo‘yicha musobaqalarning quyi bosqichlarida saralangan 11 jamoa viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Navbatdagi qizg‘in va murosasiz bahslarda ular o‘zaro kuch sinashib, sportdagi mahoratini namoyish etdi.  

16-21 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda Guliston tumanining Hamid Olimjon mahallasi jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu yosh toifasidagi qizlar bahsida Xovos tumanining O‘zbekiston to‘kinchiligi mahallasi yoshlari birinchi o‘rinni egalladi. 22-30 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda ham birinchi o‘rin Guliston tumanining Hamid Olimjon mahallasi yigitlariga nasib etdi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqada esa Sirdaryo tumanining Hikmatli mahallasi jamoasi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri