Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalar yangi binolarga ega bo‘ldi
15:06 / 2024-10-26

Yangiyer shahrida mahallalarning yangilangan binolari foydalanishga topshirildi.

Ma’rifat mahallasi binosi  "Tashabbusli byudjet"ning 650  million so‘m  miqdoridagi  pul  mablag‘i  hisobiga yangidan qurilgan bo‘lsa, Fazilat mahallasi  binosini  rekonstruksiya qilish uchun 216  million so‘m,  Shukrona mahallasini rekonstruksiya  qilish uchun  462  million so‘m,  Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasini rekonstruksiya qilish uchun 460 million so‘m  va Abdurahmon Jomiy mahallasini rekonstruksiya  qilish uchun 343 million so‘m  miqdoridagi   pul mablag‘i yo‘naltirilib,  ushbu yumushlarni Sirdaryo viloyatidagi "PRO Enjenering Grup"," Davr kelajak Yangiyer",  "Boyovut obod diyor"," Mirzaobod qurilish ",  " Orend Melia Servis" qurilish  korxonalari quruvchilari amalga oshiradi.  

[gallery-20004]

–Quvonarlisi, mahalla tizimida ishlaydigan xodimlar,  kelib- ketuvchilar uchun shart-sharoit yaratildi. Zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan mahallalarning rolini oshirishga xizmat qiladi,  – deydi Mahallalar uyushmasi Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i Abdurahmon  Narziqulov.  

Yangiyerda yil yakunigacha eskicha qiyofadagi mahalla binosi qolmaydi. Yangiobod mahallasi uchun yangi bino qurib berilsa,  Temur Malik mahallasi  aholisi yaqin kunlarda  mahallaning  yangi binosiga ega bo‘ladi.

Mazkur tadbirlarda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, sektorlar rahbarlari,  mahalla faollari ishtirok etib,  mahallalarda ishlovchi mahallalar xodimlari va u yerga kelib- ketuvchi aholi vakillarga yaratilgan shart-sharoit bilan tanishib,  o‘zlarining iliq fikrlarini bildirdi.  

G‘ulom Primov, Sh. Ortiqboyev (surat), 
O‘zA muxbirlari