Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalar qiyofasi yangilanadi
18:08 / 2023-09-13

Xovos tumani Oqchangal, Sayxunobod tumani Yangi hayot, Oqoltin tumani Mustaqillik hamda Guliston tumani Inoqlik mahallalarida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etishga qaratilgan “yo‘l xarita”si ishlab chiqildi.

Ijrosini tez va sifatli ta’minlash uchun Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, soha vakillari, sektor rahbarlari, mahalladagi “beshlik”dan iborat Respublika va viloyat ishchi guruhi tuzilib, viloyat shtabi tashkil etildi. Bu jarayonda aholi turmush darajasini oshirish, ularning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan kompleks yondashuv asosida bir oy davomida ulkan hajmdagi qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.  

[gallery-13562]

Mazkur mahallalar qiyofasi tubdan yangilanadi. Bunda aholi bandligini ta’minlash hamda ko‘makka muhtoj aholi qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari ham ishchi guruhning alohida e’tiborida bo‘ladi.  

Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev Oqchangal va Yangi hayot mahallalariga borib, faollar bilan muloqotda bo‘ldi. Aholidan kelib tushgan murojaatlar, uyma-uy yurib o‘rganishlar asosida aniqlangan qator muammolar yuzasidan mas’ullarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.  

Sh.Suyarov,Sh. Ortiqboyev,(suratlar), O‘zA muxbirlari