Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalar obod bo‘lmoqda
08:34 / 2025-07-16

Buxoro viloyati Peshku tumanning Ibn Sino mahallasidagi ko‘chalarga 8 ta videokuzatuv kamerasi, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib, 300 metr masofadagi piyodalar yo‘lagi qurilgani sababli aholiga qulaylik yaratildi.

Shuningdek, og‘ir ijtimoiy hudud sifatida Ibn Sino mahallasida aholi talab va murojaatlaridan kelib chiqqan holda 1400 metr ichki ariq o‘zani betonlashtirildi. 70 gektardan oshiq aholi mavjud tomorqalarini sug‘orish tarmog‘i yaxshilandi. Shu kungacha elektr energiyasi ta’minotida tez-tez kuzatilgan uzilishlarni bartaraf etish maqsadida  tarmoqda 2 ta yangi transformator o‘rnatilib, kabel liniyasi ta’mirdan chiqarildi. 

Xuddi shunday, “obi hayot”ga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida mahallada yana 2 ta artezian qudug‘i o‘rnatilgani ko‘plarning mushkulini oson qilmoqda. Aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanib, ro‘zg‘orga zarur sabzavot-poliz mahsulotlarini ekib yetishtirishda suv ta’minotining o‘rni beqiyos, albatta.

Qolaversa, o‘tgan yili aynan Ibn Sino mahallasida investitsiya dasturi asosida uzunligi 3,2 kilometr yo‘l ta’mirdan chiqarilib, shundan 700 metrdan oshiq yo‘l qismi betonlashtirilgani va 2,5 kilometr yo‘l qismiga asfalt bostirilgani ko‘plarni mamnun qilmoqda. Bu sa’y-harakatda pudratchi “Peshku trans qurilish” MCHJ ishchi-mutaxassislar jonbozlik ko‘rsatdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.