English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalar jinoyatlardan xoli bo‘lmoqda
14:34 / 2026-02-13

Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ishonchli ta’minlash, profilaktika ishlari samaradorligi hamda jinoyatchilikka qarshi keng jamoatchilik bilan birga kurashish maqsadida 2026-yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Bu haqda Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, polkovnik Abduvosit Abdurazakov hudud aholisiga qilgan murojaatida atroflicha ma’lumot berdi.  

Unga ko‘ra, bu yil yanvar oyida viloyat bo‘ylab oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,7 foizga kamaydi. Albatta, ushbu ko‘rsatgich, jamiyatdagi voqea-hodisalarga befarq bo‘lmagan faol fuqarolarning ko‘magi, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktika ishlari, shuningdek, huquq-tartibot organlari xodimlarining tunu kun olib borgan xizmat faoliyati natijasidir.

Shu davrda qotillik jinoyati birorta shahar yoki tumanda sodir etilmadi, og‘ir tan jarohati yetkazish holatlari 84,6 foizga kamaydi. Bundan tashqari, o‘g‘irlik 26,5 foizga, firibgarlik 6,7 foizga, bosqinchilik va talonchilik jinoyatlari 50 foizga kamaygani kuzatildi. Shunday bo‘lsa ham ayrim yo‘nalishlarda jiddiy e’tibor talab etilmoqda. Oy davomida axborot texnologiyalari sohasida sodir etilgan jinoyatlar 452 tani tashkil etdi.

Ya’ni qayd etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi kibermakonda sodir etilmoqda. Shu bois fuqarolarning kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish bugungi kunda dolzarb vazifadir.  

O‘tgan bir oy davomida Toshkent viloyatidagi 883 ta mahallaning 48 tasida vaziyat barqaror bo‘lsa, 94,6 foizida jinoyat sodir etilmadi va xavfsiz hudud sifatida qayd etildi.

Noaniq sharoitda sodir etilgan jinoyatlarning 88,4 foizi fosh etildi, qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi ta’minlanib, qidiruvda bo‘lgan 66 nafar shaxs ushlandi. Ayni vaqtda mavjud vaziyat doimiy nazoratda bo‘lib, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.

A. Musayev, O‘zA