Mahallalar ishsizlik, kambag‘allik, jinoyatchilikdan xoli hududga aylantiriladi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligida mahallalarni ishsizlik, kambag‘allik, jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilashda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi.
Muloqotda davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni aholiga yetkazish masalasi ko‘rib chiqildi.


Ayrim hududlarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig‘ilishda, shuningdek, “Raqamli mahalla” platformasini hamkor tashkilotlar platformalari bilan integratsiyalash ishlarini yakunlash, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
N.Usmonova, O‘zA