English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalar infratuzilmasi deputatlar nazoratida
17:53 / 2022-11-15

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Senati Kengashining 2022 yil 8 noyabrdagi “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar ijrosini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 25 oktyabrda qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Samarqand viloyat hokimining 4 noyabrdagi qarori bilan viloyatda 585 mahallada 588 ta loyiha amalga oshiriladi.

Jumladan, bu loyihalarning 296 ta ichki yo‘llar, 189 tasi ichimlik suvi va oqova suv ta’minoti, 51 tasi elektr energiyasi va 5 tasi gaz ta’minoti bilan bog‘liq. Shuningdek, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahalla markazlari, sport inshootlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari bajariladi.

Mahallalarda bu ishlarning amalga oshirilishi respublika va viloyat darajasidagi mas’ullar, deputatlar tomonidan nazorat qilib, muvofiqlashtirib boriladi.

Xususan, Oliy Majlis Senatidan palataning axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev viloyatga mas’ul etib belgilangan.

Sessiyada F.Boqiyev ishtirok etib, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlar hamda deputatlar mas’uliyati haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanishicha, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar hal etilishi ko‘zda tutilgan 585 ta mahalla kesimida alohida reja-jadval tasdiqlanib, amalga oshiriladigan ishlar aholiga tushuntirildi.

Ayni paytda mahallalarda elektr energiyasi va gaz ta’minotiga tegishli 55 ta loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari boshlangan. 529 ta ob’ektning bosh pudrat tashkilotlari 27 noyabrga qadar belgilangan tartibda aniqlanadi.

Senator F.Boqiyev boshchiligidagi guruh bugun Qo‘shrabot tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda sayyor qabulda ishtirok etib, aholi muammolarini eshitdi.

G‘.HASANOV, O‘zA