Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahallaga kitob ulash” aksiyasiga start berildi
08:37 / 2022-02-05

Fotoreportaj

O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati hokimi tashabbusi bilan “Mahallaga kitob ulash!” loyihasi boshlandi.

Yangi Namangan tumanida start olgan mazkur tadbir bayramona tus oldi. Tadbirda tuman hokimi Jobir Abdullayev barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillariga loyiha va uning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kitoblar ortilgan avtomashinalar karvoni barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqdi. Har bir mahallaga tuman hokimligining kitoblar to‘plami taqdim etildi.

Loyihadan maqsad, har bir mahallada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, aholining ma’naviyatini yanada yuksalishiga hissa qo‘shish va kutubxonalarni nodir adabiyot namunalari bilan boyitishdan iborat.

Tadbirda viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi  viloyat bo‘limi, tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi va boshqa qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

[gallery-5646]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA