Sirdaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov rahbarligida Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan mahalla xodimlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mahalla tizimi orqali aholi turmush darajasini oshirish, hududiy muammolarni tezkor aniqlash va ularni tizimli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, inson manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
[gallery-24355]
Har bir tuman va shahar mahallalaridagi dolzarb muammolar — ishsizlik, yoshlar bandligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati, infratuzilmadagi yetishmovchiliklar bo‘yicha fikr almashildi. Sektor va sohaviy rahbarlarning aniq hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha har bir tuman va shahardagi mahallalarning real holatini inobatga olgan holda, 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, mahallabay tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishsizlikni kamaytirish, manzilli ijtimoiy yordamni kuchaytirish, shuningdek, ta’lim, tibbiyot va infratuzilmani takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Shu orqali mahalla tizimida fuqarolar bilan ochiq muloqot va ishonchli hamkorlik asosida hayot sifatini yaxshilash, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan yangi bosqich boshlandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/h19LcZ84oHA?si=5DJfjxgTu-cHZAF7" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev (surat) O‘zA muxbirlari