Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalladagi ibratli ishlar (+video)
16:46 / 2026-02-03

Farg‘ona viloyati Rishton tumanining Qirg‘iziston bilan chegara hududida joylashgan Qoshqayron mahallasida aholining o‘zaro hamjihatlikda amalga oshirayotgan ishlari e’tiborga molik.

Mahalla “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida bir necha bor g‘olib bo‘lib, ichki yo‘llar asfaltlandi, elektr ta’minoti yaxshilandi. Tomorqalardan samarali foydalanish maqsadida 5 ta tik quduq qazildi.

[gallery-27442]

Hududda “Qoshqayron mahalla servis kompaniyasi” MCHJ tashkil etilib, aholi uchun 20 dan ortiq xizmat turlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada 8 ta doimiy va 10 ga yaqin mavsumiy ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, mahalladagi 11-umumta’lim maktabi uchun qo‘shimcha o‘quv binosi qurildi, mahalla kutubxonasi tashkil etildi.

So‘nggi yillarda mahallada servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ko‘payib, 60 ga yaqin xonadonda issiqxonalar barpo etildi. Joriy yilda aholi bandligini oshirish maqsadida 60 ta mikroloyiha ishlab chiqildi.

— Maqsadimiz mahallani kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, - deydi mahalla raisi Dilmurod Hamroyev.

Ayni paytda mahallada 736 ta oila, 2206 nafar aholi istiqomat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YPPVF5EXGAQ" title="Mahalladagi ibratli ishlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA