Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalladagi “beshlik” faoliyati tahlil qilindi
08:33 / 2022-10-27

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida hayotbaxsh islohotlar samaradorligini oshirishda mahallaning o‘rni va mavqei yuksalib bormoqda. Ayni jarayonda amaliyotga joriy etilgan yangi tizim bu boradagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli.  

bugungi kunda mahalladagi beshlik – MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori yurt taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilib, islohotlar “drayveri” bo‘lmoqda.  

[gallery-9305]

Termiz shahrining “Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida mahalladagi beshlikning to‘qqiz oylik faoliyatiga oid hisoboti eshitildi. Hisobot yig‘ilishida shahar hokimi O‘. To‘rayev, sektorlar rahbarlari, mutasaddilar va mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar, profilaktika inspektori tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.  

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan muloqotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida fikrlar bildirilib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim va ustuvor vazifalar sarhisob etildi. Mahalladagi beshlik faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida jarayondagi burch va mas’uliyat tuyg‘usini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA