Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada tibbiy ko‘rik
17:04 / 2023-02-27

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi "Navro‘zobod" mahalla fuqarolar yig‘inida ommaviy tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

–Dastlab mahalla hududida  istiqomat qilayotgan 220 nafardan ortiq, yuqori xavf guruhida turuvchi fuqarolar ro‘yxatini shakllantirib oldik, – deydi Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Anvar Sobirov.–So‘ngra ro‘yxatda turgan fuqarolarni ommaviy ko‘rikdan o‘tkazdik. Bundan ko‘zlangan maqsad  malakali tibbiy xizmatni xalqqa yaqinlashtirish, statsionar va ambulator sharoitda davolanishga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularga belgilangan tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatib, umrini uzaytirishdir.  

–Yoshim 75 da,  5 farzandim, 26 nafar nabiram bor,–deydi navro‘zobodlik Xudoynazar Qulmatov.–Ko‘pdan buyon meni gipertoniya, yurak qon tomir tizimi, oshqozon  bilan bog‘liq muammo qiynab kelardi. Mahallada o‘tkazilgan tadbir davomida kardiolog, endokrinolog, xirurg, UZI, UTT, oftalmolog ko‘rigidan o‘tib, sog‘liq bilan bog‘liq muammolarimga yechim topdim.  

Navro‘zobodlik yana bir fuqaro, 1961 yilda tug‘ilgan, ammo bolalikdan 1-guruh nogironi, ayni vaqtda o‘z yaqinlari qaramog‘ida yashab kelayotgan Faxriddin Sodiqov ham nevropatolog, kardiolog onkolog, travmatolog mutaxassislar tekshiruvidan o‘tdi. Shahar tibbiyot birlashmasi onkologi Farrux Yuldashev unga qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tish uchun yo‘llanma berib, ambulator sharoitda davolanib turishni  tavsiya qildi.  

Shahar tibbiyot birlashmasining malakali va yetakchi mutaxassislari tomonidan  20 nafarga yaqin fuqaroga statsionar, qolganlariga ambulator tarzda davolanish, qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tish yuzasidan tavsiyalar berildi.  

Sh.Suyarov, O‘zA