Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada targ‘ibot guruhlarining vazifalari belgilandi
15:35 / 2025-05-06

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan davlatimiz rahbarining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish borasidagi idoralararo qo‘shma qaror asosida vazirlik, idora va tashkilotlarda hamda hududlarda tashkil etilgan targ‘ibot guruhlari a’zolari bilan uchrashdi. 

Unda joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida tuzilgan targ‘ibot guruhlariga jamiyatda hurmat va obro‘ga sazovor bo‘lgan, notiqlik layoqatiga ega yoshi ulug‘ shaxslar jalb qilingani qayd etildi. Shuningdek, targ‘ibot ishlarida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar, targ‘ibot tadbirlari auditoriyasi to‘g‘ri tanlash, shunga mos targ‘ibotchilarni qo‘shimcha jalb qilish, hududlardagi vaziyatlarni o‘rgangan holda har bir hudud va idoralar uchun mavzularni to‘g‘ri tanlash kabi vazifalar alohida ta’kidlandi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.