Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada sayyor sud majlisi
19:01 / 2024-04-11

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tumani sudi Imom Buxoriy mahallasida sayyor sud majlisini o‘tkazdi.

Sayyor sudda sudya Mahmud Aripov tomonidan tumandagi 3 nafar fuqaroning ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.  

–2 nafar nazorat ostidagi shaxsning jazoni o‘tash davomida o‘zini ijobiy tomonlama namoyon qilib, mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi, tartib-qoidalarni buzmaganligi, ogohlantirishlar olmaganligi va o‘ziga tegishli xulosa chiqarganligi hamda qilgan jinoyatidan pushaymonda ekanligi inobatga olindi, –deydi sudya Mahmud Aripov. –Natijada O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan,  mahkumlar muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi. 1 nafar nazorat ostidagi shaxs sud tomonidan belgilangan cheklov (taqiq)larga amal qilmaganligi sababli, uning o‘talmasdan qolgan jazo muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Sud majlisida raislik qiluvchi M.Aripov nazorat ostidagi shaxslarga kelgusida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qat’iy amal qilish hamda takroriy jinoyat sodir qilmasligini tushuntirdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri