Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada sayyor qabul
12:34 / 2024-03-02

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahridagi Ibratli mahallasida sayyor qabul o‘tkazib, aholining murojaatlarini tingladi.

E’tiborli jihati, bu galgi qabulda shaxsiy masalalardan ko‘ra, ko‘pchilik manfaatini ifodalovchi, jumladan, zovurlarni tozalash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, eski simyog‘ochlarni almashtirish, ichki yo‘llar ta’miri bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.  

Murojaatlardan  xulosa  qilish mumkinki, hozir mahallalardagi eng muammoli masala – yo‘llardagi  nosozliklar. Chunki, bu muammo yillar davomida to‘planib qolgan va katta mablag‘ talab etadi. O‘tgan 2023-yilda “Ochiq byudjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasiga viloyat bo‘yicha jami 432 ta tashabbusli taklif kelib tushgan. Ovoz berish jarayonida 28 ming kishi qatnashgan. G‘olib bo‘lgan 31 ta loyihani moliyalashtirish uchun 20 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.  

Sayyor qabul shahar sektorlari rahbarlari va “mahalla yettiligi” uchun yaxshigina saboq bo‘ldi.  

Akmaljon Mahmudaliyev o‘z mahallasidagi muammolarga e’tibor qaratmaydigan, xalq dardini eshitmaydigan “mahalla yettiligi”ning vazifasiga  noloyiqligini aytdi. Muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Sayyor qabuldan so‘ng viloyat hokimi yangidan qurilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ham ko‘zdan kechirib, o‘z tavsiyalarini berdi.  

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat),

O‘zA muxbirlari