English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada mo‘jaz stadion
11:53 / 2014-08-08

Vatanimiz mustaqilligining 23-yillik bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda Sirdaryo viloyatida ham ko‘plab yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari, madaniy-maishiy obyektlar, sport inshootlari foydalanishga topshirilmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 23-yillik bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda Sirdaryo viloyatida ham ko‘plab yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari, madaniy-maishiy obyektlar, sport inshootlari foydalanishga topshirilmoqda. Kuni kecha Guliston shahrida navbatdagi kichik stadion ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlash, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish bo‘yicha ishlar yanada keng ko‘lam va izchillik kasb etayotgani, o‘tgan qisqa davrda yurtimizda hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni voyaga yetkazish borasida katta yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

– Shu paytgacha 4-5 kilometr naridagi stadionga borib futbol o‘ynardik, – deydi Farhod mahallasida yashovchi Nuriddin Hamroyev. – Mahallamizda mana shunday mo‘jaz va zamonaviy stadionning qurilishi kattayu kichik barchani mamnun etdi. Endi uyimizga yaqin shu stadionga chiqamiz. Vaqtimiz, mablag‘imiz tejaladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Sirdaryo viloyati bo‘yicha yigirmaga yaqin shunday stadion barpo etilib, zarur anjomlar bilan jihozlangan. Sun’iy qoplamali bu maydonlarga eng zamonaviy yoritish tizimi o‘rnatilgani tunda ham futbol o‘ynash imkoniyatini beradi.