Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada gaz ta’minoti yaxshilanmoqda
16:23 / 2025-10-24

FOTOREPORTAJ

Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarni suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Mazkur mahallaning 8 ta ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1069 nafar aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida 216 ta xonadonga maishiy gaz ballonlari uchun maxsus quti o‘rnatilib, gaz ballonidan gaz jihozlarigacha bo‘lgan tarmoqlar ham sozlab berilmoqda. Ushbu jarayon ob-havoning har qanday sharoitida ham gaz ballonlaridan xavfsiz va qulay foydalanish imkonini yaratadi.

[gallery-25907]

Xizmat sifatini oshirish maqsadida “Norintumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga maxsus ISUZU avtomashinasi ham topshirildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA