Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahallada duv-duv gap” loyihasi Navoiy viloyatida
18:17 / 2022-09-10

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida Zarafshon shahrining “Konchilar” mahallasida “Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Yurtboshimizning madaniy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mahallalarda madaniyat va ma’rifat ruhini kengroq targ‘ib etish maqsadida ilgari surgan tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand xotin-qizlar, keksa-avlod vakillari ishtirok etdi.

- Tadbir doirasida bir qator ijtimoiy aksiyalar o‘tkazildi, - deydi respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi mas’ul xodimi Ilhom Tursunov. - Jumladan, “Inson qadri” mehr-muruvvat aksiyasi doirasida mahalladagi 4 nafar yolg‘iz keksa va nogironlar holidan xabar olindi. Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir doirasida “Mahalladagi ma’rifatli ayol”, “Mahalladagi odobli qiz”, “Mahalla kelini” hamda mahallada tavallud kunlarini nishonlayotgan otaxon va onaxonlarning tavallud topgan kunlari munosabati bilan “Siz tug‘ilgan kun” loyihasi hamda “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” mahallada istiqomat qilayotgan yosh rassomlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Mahalla aholisi va keng jamoatchilik ishtirokida madaniy-ma’rifiy bayram dasturi namoyish etilib, taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA