Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada bepul fan to‘garaklari tashkil etildi
10:59 / 2025-04-28

Bugungi kunda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qator ishlar olib borilmoqda.

Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mini ijtimoiy loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Loyiha – ish bilan ta’minlash, reabilitatsiya, ta’lim, kasbga o‘rgatish va boshqa yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Mana shunday loyihalardan biri Chiroqchi tumanining Kishmishtepa mahallasida ishlab kelayotgan ijtimoiy xodim Dilnoza Mustafoyeva tomonidan amalga oshirildi.

Loyihaga ko‘ra, ta’limga qiziqishi yuqori bo‘lgan kambag‘al oilalar ro‘yxati shakllantirildi. Shunga ko‘ra, 25 ta kambag‘al oilalar farzandlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, turli fan to‘garaklariga bepul jalb etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Kishmishtepa mahallasida 4 ming 20 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada ijtimoiy xodim tomonidan kambag‘allik so‘rovnomasi o‘tkazilgan. “Kambag‘al oila reyestri”da 44 ta oila bo‘lib, ularga 132 ta individual xizmatlar rejasi tuzilgan. Individual xizmatlar rejasiga ko‘ra hozirgi kunda ushbu oilalarga tibbiy, kasb-hunar, ijtimoiy va uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

Shuningdek, Dilnoza Mustafoyeva kelgusida nogironligi bo‘lgan bolalarni jalb qilgan holda kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslarda bepul ishtirok etishi uchun imkoniyat beruvchi loyihalarni amalga oshirishni ham rejalashtirmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri