Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallada “Adliya kutubxonasi”
20:35 / 2024-02-01

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Unda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu jumladan, mahallalarda o‘tkazilayotgan “Sayyor qabul” va “Men mahallam huquqshunosiman” shiori ostidagi aksiyalar mahalla ahlini huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Xayrullo Sobirovning tashabbusi bilan, mahallalarda “Adliya kutubxonasi” tashkil etishga kirishildi. Bunday ezgu ishga Yangi Namangan tumanidagi Bunyodkor mahallasi tanlab olindi. Yangi ziyo maskaniga huquqiy, siyosiy, badiiy kitoblar, shuningdek, Adliya vazirligi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida chop etilgan huquqiy qo‘llanmalardan iborat 200 dan ziyod kitoblar topshirildi.

Fuqarolar o‘zlarining huquq sohasidagi bilimlarini oshirib borishda taqdim etilgan huquqiy va badiiy kitoblarning ahamiyati katta. Bu kabi beminnat hadyalar “Bunyodkor” mahallasi aholisini birdek mamnun etdi. Kelgusida “Adliya kutubxonasi” viloyatdagi boshqa mahallalarda ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.